Bosh sahifaGBP / CZK • Valyuta
add
GBP / CZK
Yopilish kursi
30,30
Bozor yangiliklari
Angliya funt sterlingi haqida
Funt sterling Birlashgan Qirollikning rasmiy valyutasidir.
Funt sterling — Bukj Britaniya pul birligi. 1 Funt sterling = 100 pens. 11-asrdan kumushdan, 14-asr oʻrtalaridan oltindan ham tangalar shaklida zarb qilingan. Funt sterling banknotlarini Angliya banki 1694-yildan chiqara boshlagan. Jahondagi eng barkaror valyutalardan biri. Xalqaro valyutalar kursi boʻyicha 0,7 Funt sterling = 1 AQSH dollari. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan kurs boʻyicha 1 Funt sterling = 1581 soʻm 22 tiyin. WikipediaChex kronasi haqida
Chexiya kronasi — Chexiya Respublikasining pul birligi. Rasmiy ravishda u 100 hellerdan iborat, lekin heller tangalari hozirda ishlatilmaydi. 1993-yilda, Chexoslovakiya parchalanganidan soʻng, Chexiya kronasi yangi davlat hududida Chexoslovakiya kronasini almashtirdi. Shu bilan birga, Slovakiyada Slovakiya kronasi paydo boʻldi.
1993-yil fevral oyida valyutalarni ajratish boshlandi. Chexiya Respublikasi va Slovakiya milliy banklari vaqtinchalik chora sifatida Chexoslovakiya banknotlarini shtamplari bilan muomalaga chiqardilar — Chexiyada 100, 500 va 1000, Slovakiyada esa 20 va 50 chexoslovakiya banknotalari. Har bir davlatning markalari boʻlgan banknotalar faqat oʻz hududlarida muomalada boʻlgan.
1993-yil fevral oyidan boshlab 10, 20 va 50 heller, 1, 2, 5, 10, 20 va 50 krona nominalidagi tangalar, shuningdek, 20, 50, 100, 200, 500, 2000 va 5000 krona.
2008-yil 1-sentabrdan soʻng muomaladan 50 dona heller tangalari va 20 ta krona pullari chiqarildi. 2011-yil 1-aprelda nominal qiymati 50 krona boʻlgan banknotalar muomaladan chiqarildi. Wikipedia